Navbatdagi Seminar-trening Monopoliyaga qarshi kurashish organlari bilan birgalikda boʼlib oʼtdi.

Toshkent shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, uning huzuridagi Sudьyalar oliy maktabi hamda Oliy sud hamkorligida Davlatimiz rahbarining 2022 yil 29 yanvardagi 107-sonli “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari huquqlarining samarali himoya etilishini taʼminlash hamda aholining sudlarga boʼlgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 20 aprelida boshlangan maʼmuriy sudlar faoliyati va ularning jamiyatda qonuniylikni taʼminlashdagi roli mavzusida oʼtkazib kelinayotgan seminar-treningning navbatdagi soni boʼlib oʼtdi.

Seminarda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar maʼmuriy sudlar sudyalari va Monopoliyaga qarshi kurashish organlari masʼullari onlayn tarzda ishtirok etishdi.

Shuningdek Seminarda Samarkand viloyat maʼmuriy sudining raisi T.Fayziev xam oʼz maruzasi bilan chiqish qildi.