Samarqand viloyat maʼmuriy sudining sudyasi А.Toshpulatov tomonidan 2022 yil 1 avgust kuni “Mening mahallam mening sudyam” shiori ostida Samarqand shahridagi “Guliston” mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi aholi bilan uchrashdi. Uchrashuvda sudya А.Toshpulatov tomonidan maʼmuriy sudlar faoliyati haqida fuqarolarga tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari mahallada yashovchi fuqarolarga sud huquq sohasida amalga shirilgan va amalga oshirilishi kutilayotgan isloxotlar haqida maʼlumtlar berildi. Uchrashuvda fuqarolarning oʼzlarini qiziqtirgan savollarga sudьya А.Toshpulatov tomonidan atroflicha javob berildi.
2022 yil 11 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, uning huzuridagi Sudyalar oliy maktabi hamda Oliy sud hamkorligida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarining qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq nizolarning sudlarda ko‘rib chiqilishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan tashkil etildi.
Seminar-treningda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar ma’muriy sudlar sudyalari, joylardagi Majburiy ijro byurosi organlari mas’ul xodimlari onlayn tarzda ishtirok etishib, muhokamalar yuzasidan o‘zlarining fikrlarini bildirib o‘tishdi.
Joriy yilning 09 iyun kuni Urgut tumanida fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni hal etish maqsadida sud raislari hamda sudьyalar ishtirokida sayyor qabul oʼtkazildi. Sayyor qabulda Samarqand tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi U.Vaxabova xam fuqarolarning murojaatlari boʼyicha ularga huquqiy tushuntirishlar berdi.
Toshkent shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, uning huzuridagi Sudьyalar oliy maktabi hamda Oliy sud hamkorligida Davlatimiz rahbarining 2022 yil 29 yanvardagi 107-sonli “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari huquqlarining samarali himoya etilishini taʼminlash hamda aholining sudlarga boʼlgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 20 aprelida boshlangan maʼmuriy sudlar faoliyati va ularning jamiyatda qonuniylikni taʼminlashdagi roli mavzusida oʼtkazib kelinayotgan seminar-treningning navbatdagi soni boʼlib oʼtdi.
Seminarda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar maʼmuriy sudlar sudyalari va Monopoliyaga qarshi kurashish organlari masʼullari onlayn tarzda ishtirok etishdi.
Shuningdek Seminarda Samarkand viloyat maʼmuriy sudining raisi T.Fayziev xam oʼz maruzasi bilan chiqish qildi.
Samarkand tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan Samarkand tumanidagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam ko’rsatish maqsadida uchrashuv o’tkazildi.
Жорий йилнинг 26 май куни Ўзбекистон Республикаси Президентининг Самарқанд шаҳар Халқ қабулхонасида вилоят суди раиси О.Хайитов ва туманлараро маьмурий судининг раиси З.Каримовлар томонидан сайёр қабул ўтказилди. Қабулда фуқароларнинг мурожаатлари тингланиб уларга ҳуқуқий тушунтиришлар берилди.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган 2025 | Samarqand viloyat ma’muriy sudi