Bojxona organlari mutasaddilarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga shikoyat qilishning o’ziga xos xususiyatlari mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.

Seminar-treningda Bojxona organlari mutasaddilarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga shikoyat qilishning o’ziga xos xususiyatlari, Bojxona organlari mansabdor shaxslarining qarorlarini ma’muriy sudlarda ko’rib chiqish va bekor qilish masalasi, bojxona nazorati sohasidagi nizolarni sudlarda hal etish, bu boradagi qonunchilik va amaliyot atroflicha muhokama qilindi.
Bojxona organlari xodimlari tomonidan bojxona deklaratsiyasini to’ldirish, rasmiylashtirish jarayonida yo’l qo’yilayotgan xato-kamchiliklar ham ochiq e’tirof etildi. Xususan, tadbirkor xorijdan mahsulot olib kelayotganda deklaratsiya tuzilayotganda tadbirkorga qonun hujjatlarida belgilangan bojxona imtiyozlari berilmagan holatlari ustidan sudga murojaat etilgan. Tadbirkorlarning sudga qilingan bunday ayrim murojaatlari haqiqatdan ham qonunchilikka zid holda to’ldirilganligi aniqlanib, tadbirkorning buzilgan huquqlari sud orqali tiklangan.