HАShАR -ELGА YARАShАR!
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining 2026-yil 6-martdagi 6-sonli Farmoyishi bilan, barcha sud organlarida shu yil 13-14 mart kunlari «Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi» shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʼtkazish belgilanganligi munosabati bilan Samarqand viloyat va tumanlararo sudlarida hashar oʼtkazildi.
Hasharda sud binosi hududini, viloyat va tumanlararo maʼmuriy sudi binosi hamda yon atroflarda tozalash ishlari olib borilib, yerlar obodonlashtirildi, koʼchatlar ekildi, ariq va zovurlar tozalandi.
Bundan tashqari, mavjud daraxtlarga shakl berilib, oqlandi va ularning tagini yumshatish ishlari bajarildi. Shu bois hasharda viloyat va tumanlararo maʼmuriy sudining barcha sudya va sud apparati xodimlari faol ishtirok etishdi.






