“Mening mahallam mening sudyam” shiori ostida mahallada aholi bilan ushrashuv oʼtkazildi

Samarqand viloyat maʼmuriy sudining sudyasi А.Toshpulatov tomonidan 2022 yil 1 avgust kuni “Mening mahallam mening sudyam” shiori ostida Samarqand shahridagi “Guliston” mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi aholi bilan uchrashdi. Uchrashuvda sudya А.Toshpulatov tomonidan maʼmuriy sudlar faoliyati haqida fuqarolarga tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari mahallada yashovchi fuqarolarga sud huquq sohasida amalga shirilgan va amalga oshirilishi kutilayotgan isloxotlar haqida maʼlumtlar berildi. Uchrashuvda fuqarolarning oʼzlarini qiziqtirgan savollarga sudьya А.Toshpulatov tomonidan atroflicha javob berildi.

Maʼmuriy sudlar va davlat ijrochilari oʼrtasida seminar-trening oʼtkazildi

2022 yil 11 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, uning huzuridagi Sudyalar oliy maktabi hamda Oliy sud hamkorligida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarining qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq nizolarning sudlarda ko‘rib chiqilishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan tashkil etildi.

Seminar-treningda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar ma’muriy sudlar sudyalari, joylardagi Majburiy ijro byurosi organlari mas’ul xodimlari onlayn tarzda ishtirok etishib, muhokamalar yuzasidan o‘zlarining fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Sud raislari tomonidan sayyor qabul o’tkazildi

Жорий йилнинг 26 май куни Ўзбекистон Республикаси Президентининг Самарқанд шаҳар Халқ қабулхонасида вилоят суди раиси О.Хайитов ва туманлараро маьмурий судининг раиси З.Каримовлар томонидан сайёр қабул ўтказилди. Қабулда фуқароларнинг мурожаатлари тингланиб уларга ҳуқуқий тушунтиришлар берилди.

Bojxona organlari mutasaddilarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga shikoyat qilishning o’ziga xos xususiyatlari mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.

Seminar-treningda Bojxona organlari mutasaddilarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga shikoyat qilishning o’ziga xos xususiyatlari, Bojxona organlari mansabdor shaxslarining qarorlarini ma’muriy sudlarda ko’rib chiqish va bekor qilish masalasi, bojxona nazorati sohasidagi nizolarni sudlarda hal etish, bu boradagi qonunchilik va amaliyot atroflicha muhokama qilindi.
Bojxona organlari xodimlari tomonidan bojxona deklaratsiyasini to’ldirish, rasmiylashtirish jarayonida yo’l qo’yilayotgan xato-kamchiliklar ham ochiq e’tirof etildi. Xususan, tadbirkor xorijdan mahsulot olib kelayotganda deklaratsiya tuzilayotganda tadbirkorga qonun hujjatlarida belgilangan bojxona imtiyozlari berilmagan holatlari ustidan sudga murojaat etilgan. Tadbirkorlarning sudga qilingan bunday ayrim murojaatlari haqiqatdan ham qonunchilikka zid holda to’ldirilganligi aniqlanib, tadbirkorning buzilgan huquqlari sud orqali tiklangan.

Yana bir seminar-trening bo’lib o’tdi

Navbatdagi seminar-treningda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar ma’muriy sudlar sudyalari va soliq organlari xodimlari onlayn tarzda ishtirok etishib, ma’muriy sudlarda davlat soliq organlarining qarorlarini ko’rib chiqish qonunchiligi va amaliyoti, xususan davlat soliq organlarining qarorlarini bekor qilish borasida muammolar ham ochiq muhokama qilindi.

Samarqand viloyat mia’muriy sudidan Samarqand viloyat hamda tuman (shahar) soliq organlaridan vakillar ham ishtirok etdi.

Qonuniylikni ta’minlashda ma’muriy sudlarning o’rni

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 yanvarьdagi 107-sonli “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo’lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, uning huzuridagi Sudьyalar oliy maktabi hamda Oliy sud hamkorligida mahalliy ijro hokimiyati organlari xodimlarini ma’muriy sudlar faoliyati va ularning jamiyatda qonuniylikni ta’minlashdagi roli bilan batafsil tanishtirish maqsadida tashkil etilgan seminar-trening bo’lib o’tdi.

Seminar-treningda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar ma’muriy sudlar sudyalari, ijro etuvchi organlar mutasaddilari, mahalliy hokimiyat huquqshunoslari va boshqa tashkilotlarlar vakillari onlayn tarzda ishtirok etishdi.
Tadbir savol-javob va bahs-munozaralarga boy bo’ldi.

Shu jumladan Samarqand viloyat ma’muriy sudi binosida ham Samarqand viloyat, tuman (shahar) hokimiyat huquqshunoslari va boshqa tashkilotlarlar vakillari

ishtirok etishdi.

Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish davr talabi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-iyuldagi “Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo’lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6257-sonli farmoni hamda ”Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5177-sonli qarori mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida tadbir bo’lib o’tdi.
Samarqand viloyat ma’muriy sudining sudyasi S.Soliyev o’z ma’ruzasida bugun xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yganligi, tinch va osoyishta hayot kechirayotgan, avvalo, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda, tinch va osuda hayotimizga, xavfsizligimizga tahdid solayotgan uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaning salbiy ta’siri haqida to’xtalib o’tdi.

Shu bilan birga, yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida mamlakatda huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini takomillashtirish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotida asosiy xavf, illat sifatida qoralanayotgan korruptsiyani oldini olish borasida o’tkazilayotgan islohotlar o’z samarasini berayotgani, xalqimiz orasida jinoyatni jazolashdan ko’ra, uni oldini olish, bu borada tegishli profilaktik chora-tadbirlar ko’rish afzalroqdir degan tushuncha shakllanib borayotganligi ta’kidlandi.

Yig’ilishda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
6-iyuldagi “Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo’lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6257-sonli farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-iyuldagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5177-sonli qarori mazmun-mohiyati tanishtirilib, hukumatimiz tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishda ta’sirli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi va ko’plab sohalarda sezilarli o’zgarishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlab o’tildi.

Endi sud qarorini bajarmagan hokim jarima to’laydi. Takroran ijro qilinmasa oshirilgan jarima qo’llanadi.

Oddiy odamlar va tadbirkorlar manfaatlari hokimliklar (istalgan boshqaruv organi bo’lishi mumkin) bilan kesishganda, bu masala endi to’liq ma’muriy sudlarda ko’riladi.

Ma’muriy sud hokimiyatni ziyoniga hal qiluv qarori chiqarsa va uni ijrosi kechiksa, hokim yoki tashkilot rahbariga jarima qo’llaniladi. Shunda ham sud qarori ijrosi paysalga solinsa, mutasaddi davlatga yanayam ko’proq to’lab qo’yishiga to’g’ri keladi.

Bu tartibni joriy qilish Prezident tomonidan yaqinda imzolagan qarorda belgilangan. Hujjatda avvalo, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlashga e’tibor qaratilgan. Bu vazifa davlat organlari bilan munosabatlarda amalga oshirilishi uchun zarur chora-tadbirlar belgilangan.

Ushbu hujjat mohiyatini to’la tushunish uchun unda qayd etilgan atama va terminlarning mazmunini tushunib olish zarur. Jumladan, qarorda 8 ta o’rinda “ommaviy-huquqiy munosabat” jumlasi qo’llanilgan.

Ilmiy adabiyotlarda ommaviy-huquqiy munosabatlarning asosiy xususiyati sifatida unda ishtirok etuvchi tomonlarning biri davlat hokimiyati sub’ekti bo’lishi aytiladi. Demak, fuqaro yoki tadbirkorning huquqlari hokimiyat vakolatiga ega bo’lgan sub’ektlar tomonidan buzilishga yo’l qo’yilmasligi kerak.

Qarorda bu vazifani ma’muriy sudlar bajarishi kerakligi belgilangan.

Ommaviy-huquqiy nizolarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ushbu nizoli munosabat ishtirokchilari huquqiy jihatdan teng emas. Shu jihatdan, qaror bilan ommaviy huquqiy nizolarni hal etishning maxsus tartibi joriy etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Ya’ni, hozirda fuqarolik ishlari bo’yicha hamda iqtisodiy sudlar tomonidan ko’rilayotgan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha ishlarni ma’muriy sudlar taalluqliligiga o’tkazish ko’zda tutilgan.

Endi ma’muriy sudlarning ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo’yicha hal qiluv qarorlari davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ijro qilinmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimalarini qo’llash tartibi joriy qilinadi.

Xo’sh, bu nima degani? Aksariyat hollarda davlat idoralari tomonidan fuqaro yoki tadbirkorlik sub’ektining huquqlari buziladi. Albatta, da’vo asosida bu holatga sud tomonidan huquqiy baho berilib, hokimiyat vakolatiga ega bo’lgan sub’ektga muayyan vazifa yuklatiladi. Biroq ayrim hollarda turli sabablarga ko’ra sud hujjati ijro etilmaydi. Bundan fuqaro yoki tadbirkor aziyat chekmasligi kerak. Ommaviy-huquqiy munosabatlar bo’yicha sud qarorlari ijro etilmadimi, u qaysi idora rahbari bo’lishidan qat’iy nazar sud jarima qo’llaydi.

Albatta, qarorda inson qadrini ulug’lashga qaratilgan bu kabi yana bir qator o’zgarishlar belgilangan. Misol uchun, sud ostonasiga ariza yoki shikoyat bilan borgan inson endi sarson bo’lmaydi. Negaki, sudlar tomonidan da’vo arizasi, ariza hamda shikoyatni sudga taalluqli bo’lmaganligi sababli qabul qilishni rad etish yoki ish bo’yicha ish yuritishni tugatish taqiqlanyapti. Bunda da’vo arizasi, ariza, shikoyat yoki ish ularni ko’rib chiqishga vakolatli sudga o’tkaziladi.

Qayd etilganlarni amalda ro’yobga chiqarish uchun, “O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

 

                                                                                                        Bekzod IBRAGIMOV,
                                                       Samarqand tumanlararo ma’muriy sudi sudьyasi.

Skip to content