Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish davr talabi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-iyuldagi “Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo’lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6257-sonli farmoni hamda ”Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5177-sonli qarori mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida tadbir bo’lib o’tdi.
Samarqand viloyat ma’muriy sudining sudyasi S.Soliyev o’z ma’ruzasida bugun xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yganligi, tinch va osoyishta hayot kechirayotgan, avvalo, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda, tinch va osuda hayotimizga, xavfsizligimizga tahdid solayotgan uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaning salbiy ta’siri haqida to’xtalib o’tdi.

Shu bilan birga, yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida mamlakatda huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini takomillashtirish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotida asosiy xavf, illat sifatida qoralanayotgan korruptsiyani oldini olish borasida o’tkazilayotgan islohotlar o’z samarasini berayotgani, xalqimiz orasida jinoyatni jazolashdan ko’ra, uni oldini olish, bu borada tegishli profilaktik chora-tadbirlar ko’rish afzalroqdir degan tushuncha shakllanib borayotganligi ta’kidlandi.

Yig’ilishda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
6-iyuldagi “Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo’lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6257-sonli farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-iyuldagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5177-sonli qarori mazmun-mohiyati tanishtirilib, hukumatimiz tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishda ta’sirli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi va ko’plab sohalarda sezilarli o’zgarishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlab o’tildi.