“Zo’ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida 16 kunlik qo’shma kampaniyaning boshlanishiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi

Ma’lumki, O’zbekistonda «Gender asosidagi zo’ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar» qo’shma kampaniya ish boshlagan. 22 noyabrь kuni “Zo’ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida 16 kunlik qo’shma kampaniyaning boshlanishiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.
Butun mamlakat bo’ylab o’tkazilayotgan ushbu kampaniya doirasida ayollarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo’ravonlik holatlarining oldini olish, xotin-qizlarni jamiyatdagi mavqeini oshirishga qaratilgan tadbirlar o’tkazilayapti. Ularda aholining barcha qatlamlari faol ishtirok etmoqda. Samarqand viloyat ma’muriy sudi va Samarqand tumanlararo ma’muriy sudi sudьyalari Samarqand shahridagi Samarqand yuridik texnikumi o’qituvchilari va talabalari bilan ana shu mavzuda davra suhbati o’tkazdilar.
Birgina joriy yilda O’zbekistonda oiladagi zo’ravonlikning oldini olish tizimini takomillashtirish bo’yicha 8 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan. Sog’liqni saqlash vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlanuvchilarga tibbiy ruhiy yordam ko’rsatish bo’yicha” o’quv qo’llanmasi yaratildi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to’g’risida murojaat qilgan 74 mingdan ortiq xotin-qizlarga sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan huquqiy yordam ko’rsatildi. “Ayollar daftari”dagi tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud 71 mingdan ziyod xotin-qizlarga malakali psixologlar tomonidan psixologik yordam ko’rsatilgan. Bu fakt va dalillar davra suhbatida sudьyalar tomonidan ma’lum qilindi.
Shuningdek, davra suhbatida sudьyalar Korruptsiyaga qarshi kurashish mavzusida ham ma’ruza qilib, korruptsiya mamlakatning har jabhasini yemiradigan o’ta salbiy illat ekanligi, uning oldini olish va unga qarshi kurashishga har birimiz mas’ul ekanligini ta’kidladi.
Davra suhbati savol-javoblar, fikr-mulohazalarga boy bo’lib, qiziqarli o’tdi.