Uch avlod uchrashuvi

Ustoz shogirdlik an’anasi kasbga fidoiylarni, haqiqiy professional kadrlarni tayyorlash maktabidir. Samarqand viloyat sudida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda pensiyadagi faxriylar, bugungi kunda faoliyat ko’rsatayotgan sudyalar va yosh avlod bo’lmish sud xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir xushxabar bilan boshlandi. Viloyatimizda yana to’rtta pensiya yoshidagi sudya va sud xodimlariga “O’zbekiston sud faxriysi” guvohnomasi taqdim etildi.
Shu munosabat bilan mazkur uch avlod uchrashuvida guvohnomalar o’z sohiblariga shogirdlar ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.
Viloyat sudi raisi O. Hayitov tadbirni kirish so’zi bilan ochib, ustozlarni yuksak e’tirof bilan tabrikladi. Ularning sharafli mehnat faoliyati haqida so’z yuritib, bugungi kunda ham shogirdlarga yo’l-yo’riq ko’rsatib katta ko’mak berishayotganlarini ta’kidladi.
Shundan so’ng, bugun pensiyada keksalik gashtini surayotgan Gulnora Bahriyeva va Shoista Jalilova hamda viloyat sudi sudyasi Muhiddin To’xtayev, fuqarolik ishlari bo’yicha Samarqand shahar sudi raisi To’lqin Usmonovga O’zbekiston sud tizimi faxriylar markazining “O’zbekiston sud faxriysi” guvohnomasi, shuningdek kitoblar jamlanmasi va gullar tantanali ravishda topshirildi.- 1976 yilda o’qishni tugatib, Samarqand tuman sudiga ishga kelganman. Shu bilan roppa rosa qirq yil uzluksiz ishlab, 2016 yilda yorug’ yuz bilan pensiyaga chiqdim, – dedi sud faxriysi Shoista Jalilova. – Biz ishlagan davrlarda hozirgidek sharoitlar bo’lmagan. Bino eski, zax, qishda sovuq bo’lardi. Jihozlar ham, sharoitlar ham haminqadar edi. Lekin biz kasbimizni sevganimizdan hech qachon nolimaganmiz, sadoqat bilan, fidoyilik bilan ishlaganmiz. Chunki sud shunday nufuzli organ, unga sodiq bo’lish kerak, loyiq bo’lish kerak. Bugungi bu shart-sharoitlarni, sudьyalarga bo’lgan e’tiborni qadriga yetib, har qancha fidokorlik bilan, sadoqat bilan ishlasangizlar arziydi. Biz keksalarga berilgan e’tibor uchun Prezidentimizga, Oliy sud va Sudyalar oliy kengashiga hamda viloyat sudi rahbariyatiga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.
Tadbirda viloyat sudi Faxriylar kengashi raisi I. Saidov, viloyat sudi sudyalari so’zga chiqib faxriylarni qutladilar. Yosh xodimlarga nasihat qilib, omadlar tiladi. Bugun yurtimizda mazkur sohada ro’yobga chiqarilayotgan o’zgarishlarning mohiyati va ahamiyati haqida alohida to’xtalib o’tdilar.
Tadbir juda samimiy va ko’tarinki ruhda o’tdi. Yosh avlod vakillari ustozlar yo’lidan borib, shunday ulug’ e’tirofga loyiq bo’lishni niyat qilishdi.

Viloyat maʼmuriy sudi raisi Narpay tumanida sayyor qabul oʼtkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining 2021 yil 27 fevral’ kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan Oliy sud Rayosati yig‘ilishida belgilangan vazifalar hamda Oliy sud raisining 2021 yil 9 mart kuni tasdiqlagan yo‘l xaritasining 144-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat ma’muriy sudi raisi T.Fayziev tomonidan 17.09.21 yil Narpay xamda Paxtachi tuman fuqarolari uchun Narpay tumanidagi Musiqa kollejida o‘tkazilgan sayyor qabul jarayonida fuqarolar qabul qilinib ularga huquqiy maslaxat berildi

Viloyat maʼmuriy sudi raisi T.Fayziev tomonidan 23.09.21 yil Bulungʼur tuman fuqarolari uchun sayyor qabul oʼtkazildi

Вилоят маъмурий суди раиси Т.Файзиев томонидан 23.09.21 йил Булунғур туман фуқаролари учун Булунгур туманидаги, Булунгур махалла маркази биносида ўтказилган сайёр қабул жараёнида жами фуқаролар қабул қилиниб уларга ҳуқуқий маслахатлар берилди.

Samarqand viloyat ma’muriy sudining majlislar zalida sudyalar hamda Soliq idoralari xodimlari bilan birgalikda seminar o’tkazildi

Joriy yilning 24 sentyabr kuni Samarqand viloyat ma’muriy sudining majlislar zalida sudyalar hamda Soliq idoralari xodimlari bilan birgalikda seminar o’tkazildi. Seminarda Soliq kodeksining qo’shilgan qiymat solig’i hamda kameral tekshiruviga oid boblarini amaliyotga qo’llash va amaliyotda yuzaga kelayotgan nizolar yuzasidan ko’shma seminar uchrashuvi bo’lib o’tdi seminarda viloyat va tumanlararo ma’muriy sudi raisi va sudyalari, viloyat soliq boshqarmasi, viloyat adliya boshqarmasi va biznes-ombudsmanning viloyatdagi vakillari ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar bo’yicha seminar qatnashchilari hamda sudyalar o’rtasida savol javoblar bo’lib o’tdi

Farg‘onada 1 ming 78 nafar muqaddam sudlangan shaxs yana jinoyatga qo‘l urgan

Farg‘onada sudlar tomonidan o‘tgan yilda 6 nafar fuqaroga nisbatan tergov organi tomonidan qo‘yilgan nohaq ayblovlar bekor qilinib, ularning barchasiga birinchi instansiya sudlari oqlov hukmlarini chiqargan.

Shuningdek, ushbu davrda 719 nafar shaxsga nisbatan 470 ta jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov organi tomonidan qo‘yilgan ayblov o‘zgartirilib (modda to‘liq ayblovdan chiqarilgan, modda qismi yoki bandi chiqarilgan yoki boshqa moddaga malakalanib hukm chiqarilgan) hukm o‘qildi.

Bu ma’lumotni Farg‘ona viloyati sudi raisi Shuhrat Kamolov xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasidagi viloyatda sudlar tomonidan fuqarolar huquqlari va erkinliklari, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilish borasida 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2021 yilda ko‘riladigan chora-tadbirlar haqidagi axborotida aytib o‘tdi.

Odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida viloyat sudlari tomonidan 2020 yil davomida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, o‘tgan yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi va tuman (shahar) sudlari tomonidan jami 5 ming 282 nafar shaxsga nisbatan 4 ming 310 ta jinoyat ishi tamomlangan.

Tahlillar sudda ko‘rilgan mazkur shaxslarning 1 ming 78 nafari yoki 20,4 foizi muqaddam sudlangan shaxslar ekani, shuningdek, jinoyatlar asosan ichkilikbozlik, ishsizlik, oilaviy va qo‘shnilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqayotganligini ko‘rsatmoqda.

Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining 2020 yil 3 dekabrdagi hukmiga ko‘ra, A.Kojanova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 97-moddasining 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan Jinoyat Kodeksining 57-moddasi qo‘llanib, 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini olgan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchining shaxsiga oid ma’lumotlar o‘rganilganida A.Kojanova muqaddam bir necha bor sudlanganligi, jinoyat sodir qilingan vaqtda vaqtincha ishsiz bo‘lgani, nikohi sud tomonidan bekor qilingan bo‘lib, 3 nafar farzandi borligi, Farg‘ona shahri, Yuksalish ko‘chasi, 84-uy, 5-xonadonda doimiy ro‘yxatda tursada, jinoyat sodir etilgan vaqtda Farg‘ona shahri, A.Yassaviy ko‘chasi, 40/B-ko‘p qavatli uy balkoni ostida yashab kelgani ma’lum bo‘ldi.

Bu esa, o‘z navbatida, ichki ishlar idoralari xodimlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari hamkorligida joylarda aholi o‘rtasida, xususan, muqaddam sudlanganlar bilan profilaktik tadbirlar yetarli darajada olib borilmayotganligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar tomonidan mazkur fuqaroning muammolariga yetarlicha e’tibor qaratilmaganligidan, uni ish va yashash joyi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmaganligidan dalolat beradi.

«So‘x voqealari» bo‘yicha barcha sudlanuvchilarning oxirgi so‘zi eshitildi

Farg‘onada o‘tgan yilning may oyida So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan ayblangan 22 nafar shaxs ustidan davom etayotgan sud jarayonida bugun barcha sudlanuvchilarning oxirgi so‘zi eshitildi.

Dastlabki tergov organi tomonidan ushbu shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) va 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayb e’lon qilinib, 9 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish va 13 nafariga uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ulardan bir nafari voyaga yetmagan shaxsdir.

2020 yil 31 may kuni O‘zbekiston Respublikasi So‘x tumani Chashma qishlog‘ining Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati Qadamjoy tumani Chechme ayili bilan chegaradosh hududida joylashgan “Chashma” bulog‘i bo‘yida Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo oqibatida ommaviy tartibsizliklar ro‘y bergan.

Ushbu nizoni bartaraf etish maqsadida So‘x tumani Chashma qishlog‘iga yetib borgan mahalliy hokimiyat vakillari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga tartibbuzarlar tomonidan faol qarshilik ko‘rsatilib, ularga turli darajada shikastlar yetkazilgan.

O‘tgan yilning noyabr oyidan buyon mazkur jinoyat ishini ko‘rish ishlari davom etayotgan bo‘lib, sud muhokamasi yakunlanmoqda.

Farg‘ona viloyat sudining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, “So‘x voqealari”ga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida olib borilib, ishni ko‘rishda 22 nafar sudlanuvchi, 36 nafar jabrlanuvchi va 21 nafar guvohlar so‘roq qilindi.

Skip to content