Aholining sudlarga bo’lgan ishonchini yanada oshirish uchun

Markaziy harbiy okrug majlislar zalida Samarqand viloyati ma’muriy sudi va Samarqand harbiy sudi bilan hamkorlikda navbatdagi davra-suhbati bo’lib o’tdi. Unda Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi hamda “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo’lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
Samarqand viloyati ma’muriy sudining sudьyalari A.Alimov va S.Soliyev, harbiy sud raisi B.Babakulovlar ta’kidlanganidek, qarorga muvofiq, davlat organlari qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko’rib chiqishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish maqsadida quyidagi tartiblar joriy etiladi. Ma’muriy sudlarga dalillarni yig’ish majburiyati yuklanadi, huquqi buzilganlarga esa dalillarni yig’ishda faqat o’z imkoniyatidan foydalanish sharoiti yaratiladi.

Samarqand viloyati O’rmon xo’jaligi boshqarmasida sudyalar ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 28 yanvarь kuni Samarqand viloyat jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hay’atining sudyasi M.To’xtayev va Samarqand viloyat ma’muriy sudining sudyasi S.Soliyevlar tomonidan Samarqand viloyati O’rmon xo’jaligi boshqarmasida “O’rmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik” “Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish” mavzusida soha xodimlari o’rtasida o’tkazilgan davra suhbati o’tkazildi.

“Zo’ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida 16 kunlik qo’shma kampaniyaning boshlanishiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi

Ma’lumki, O’zbekistonda «Gender asosidagi zo’ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar» qo’shma kampaniya ish boshlagan. 22 noyabrь kuni “Zo’ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida 16 kunlik qo’shma kampaniyaning boshlanishiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.
Butun mamlakat bo’ylab o’tkazilayotgan ushbu kampaniya doirasida ayollarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo’ravonlik holatlarining oldini olish, xotin-qizlarni jamiyatdagi mavqeini oshirishga qaratilgan tadbirlar o’tkazilayapti. Ularda aholining barcha qatlamlari faol ishtirok etmoqda. Samarqand viloyat ma’muriy sudi va Samarqand tumanlararo ma’muriy sudi sudьyalari Samarqand shahridagi Samarqand yuridik texnikumi o’qituvchilari va talabalari bilan ana shu mavzuda davra suhbati o’tkazdilar.
Birgina joriy yilda O’zbekistonda oiladagi zo’ravonlikning oldini olish tizimini takomillashtirish bo’yicha 8 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan. Sog’liqni saqlash vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlanuvchilarga tibbiy ruhiy yordam ko’rsatish bo’yicha” o’quv qo’llanmasi yaratildi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to’g’risida murojaat qilgan 74 mingdan ortiq xotin-qizlarga sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan huquqiy yordam ko’rsatildi. “Ayollar daftari”dagi tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud 71 mingdan ziyod xotin-qizlarga malakali psixologlar tomonidan psixologik yordam ko’rsatilgan. Bu fakt va dalillar davra suhbatida sudьyalar tomonidan ma’lum qilindi.
Shuningdek, davra suhbatida sudьyalar Korruptsiyaga qarshi kurashish mavzusida ham ma’ruza qilib, korruptsiya mamlakatning har jabhasini yemiradigan o’ta salbiy illat ekanligi, uning oldini olish va unga qarshi kurashishga har birimiz mas’ul ekanligini ta’kidladi.
Davra suhbati savol-javoblar, fikr-mulohazalarga boy bo’lib, qiziqarli o’tdi.

Uch avlod uchrashuvi

Ustoz shogirdlik an’anasi kasbga fidoiylarni, haqiqiy professional kadrlarni tayyorlash maktabidir. Samarqand viloyat sudida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda pensiyadagi faxriylar, bugungi kunda faoliyat ko’rsatayotgan sudyalar va yosh avlod bo’lmish sud xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir xushxabar bilan boshlandi. Viloyatimizda yana to’rtta pensiya yoshidagi sudya va sud xodimlariga “O’zbekiston sud faxriysi” guvohnomasi taqdim etildi.
Shu munosabat bilan mazkur uch avlod uchrashuvida guvohnomalar o’z sohiblariga shogirdlar ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.
Viloyat sudi raisi O. Hayitov tadbirni kirish so’zi bilan ochib, ustozlarni yuksak e’tirof bilan tabrikladi. Ularning sharafli mehnat faoliyati haqida so’z yuritib, bugungi kunda ham shogirdlarga yo’l-yo’riq ko’rsatib katta ko’mak berishayotganlarini ta’kidladi.
Shundan so’ng, bugun pensiyada keksalik gashtini surayotgan Gulnora Bahriyeva va Shoista Jalilova hamda viloyat sudi sudyasi Muhiddin To’xtayev, fuqarolik ishlari bo’yicha Samarqand shahar sudi raisi To’lqin Usmonovga O’zbekiston sud tizimi faxriylar markazining “O’zbekiston sud faxriysi” guvohnomasi, shuningdek kitoblar jamlanmasi va gullar tantanali ravishda topshirildi.- 1976 yilda o’qishni tugatib, Samarqand tuman sudiga ishga kelganman. Shu bilan roppa rosa qirq yil uzluksiz ishlab, 2016 yilda yorug’ yuz bilan pensiyaga chiqdim, – dedi sud faxriysi Shoista Jalilova. – Biz ishlagan davrlarda hozirgidek sharoitlar bo’lmagan. Bino eski, zax, qishda sovuq bo’lardi. Jihozlar ham, sharoitlar ham haminqadar edi. Lekin biz kasbimizni sevganimizdan hech qachon nolimaganmiz, sadoqat bilan, fidoyilik bilan ishlaganmiz. Chunki sud shunday nufuzli organ, unga sodiq bo’lish kerak, loyiq bo’lish kerak. Bugungi bu shart-sharoitlarni, sudьyalarga bo’lgan e’tiborni qadriga yetib, har qancha fidokorlik bilan, sadoqat bilan ishlasangizlar arziydi. Biz keksalarga berilgan e’tibor uchun Prezidentimizga, Oliy sud va Sudyalar oliy kengashiga hamda viloyat sudi rahbariyatiga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.
Tadbirda viloyat sudi Faxriylar kengashi raisi I. Saidov, viloyat sudi sudyalari so’zga chiqib faxriylarni qutladilar. Yosh xodimlarga nasihat qilib, omadlar tiladi. Bugun yurtimizda mazkur sohada ro’yobga chiqarilayotgan o’zgarishlarning mohiyati va ahamiyati haqida alohida to’xtalib o’tdilar.
Tadbir juda samimiy va ko’tarinki ruhda o’tdi. Yosh avlod vakillari ustozlar yo’lidan borib, shunday ulug’ e’tirofga loyiq bo’lishni niyat qilishdi.

Viloyat maʼmuriy sudi raisi Narpay tumanida sayyor qabul oʼtkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining 2021 yil 27 fevral’ kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan Oliy sud Rayosati yig‘ilishida belgilangan vazifalar hamda Oliy sud raisining 2021 yil 9 mart kuni tasdiqlagan yo‘l xaritasining 144-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat ma’muriy sudi raisi T.Fayziev tomonidan 17.09.21 yil Narpay xamda Paxtachi tuman fuqarolari uchun Narpay tumanidagi Musiqa kollejida o‘tkazilgan sayyor qabul jarayonida fuqarolar qabul qilinib ularga huquqiy maslaxat berildi

Skip to content